Jańalıqlar

BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

 Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Sh. Kattaxodjayev tomonidan ko‘p qavatli uylarni boshqarish sohasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratilmoqda.

🔎O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalarining faoliyat samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrofdagi maydonlarning tozaligi va yoritilish holati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni.

☑Asosiy maqsad — mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash, boshqaruv kompaniyalari mas’uliyatini oshirish hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 3