Mahalla yettiligi hamda Deputat hamkorligi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mutaxasissi J.Raximqulov tomonidan o'z saylov okruiga qarashli “Qorasuv” mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan 24 ta tavsiya asosida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishdir. Deputatlar mazkur yo‘nalishdagi 23-band ijrosi doirasida mahallada faoliyat yuritayotgan tikuvchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida tikuvchilik sexida yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni, tayyor mahsulotlar hamda mavjud ish o‘rinlari holati ko‘zdan kechirildi.
Tikuvchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik faoliyati mahalladagi xotin-qizlar va ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda oilalar daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘rganish yakunida tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalla aholisini bandlikka jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday amaliy o‘rganishlar aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va mahallalarda “mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.