Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya a’zosi, deputat R.Alijonova Marg'ilon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi boshlig'i F.Xamroqulovga rasmiy deputat so'rovi yubordi.
So'rov O'zbekiston qonunchiligida belgilangan talablarga ko'ra, bolalar va o'smirlarni profilaktik emlash bilan kamida 95 foiz qamrab olinishi zaruriyatidan kelib chiqqan. Deputat shahar bo'yicha emlash bilan qamrab olish holati, belgilangan ko'rsatkichning bajarilishi, emlashdan chetda qolgan bolalar soni va sabablari, shuningdek vaksinalarni saqlash va tashishda "sovuqlik zanjiri" talablariga rioya etilishi yuzasidan asoslantirilgan ma'lumot so'ragan.
Deputatlik nazorati bolalar salomatligini himoya qilish va emlash dasturining to'liq ijrosini ta'minlashga qaratilgan.