Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Bandlik va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘rganish davomida “Yoyilma” mahallasidagi infratuzilmaga oid ayrim muammolar ham aniqlandi.
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yoyilma mahallasida oilaviy korxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududidagi “Yoyilma” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputati kim?
янв.21
Deputat bilan uchrashuvda bildirilgan murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
Bandlik va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida yanvar-avgust oylarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Marg‘ilon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Z.Abdullayevning xisoboti eshitildi.

Hisobotga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida Marg‘ilon shahrida aholini daromad keltiradigan mehnat bilan band qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 20 492 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Amalda esa 21 912 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, reja 107 foizga bajarilgan.

Aholini doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha belgilangan 3 651 ta rejaga nisbatan 3 654 ta ish o‘rni yaratilgan. Jumladan, investitsiya loyihalari hisobiga 341 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish va servis loyihalari orqali 1 107 ta, qurilish sohasida 147 ta, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish orqali 585 ta, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobiga esa 1 474 ta ish o‘rni yaratilgan.

Shu bilan birga, hisobotda ayrim yo‘nalishlarda belgilangan rejalar to‘liq bajarilmagani ham qayd etildi. Xususan, xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha 1 329 ta reja belgilanib, amalda 1 107 ta ish o‘rni yaratilgan (83 foiz). Qurilish sohasida esa 163 ta rejaga nisbatan 147 ta ish o‘rni yaratilgan (90 foiz).

Ish o‘rinlarini soyadan chiqarish, ya’ni legallashtirish bo‘yicha umumiy reja 5 274 ta bo‘lib, amalda 6 680 ta ish o‘rni legallashtirilgan va ko‘rsatkich 127 foizni tashkil etgan. Biroq ushbu yo‘nalishda ham ayrim mas’ul tashkilotlarda reja ijrosi past bo‘lgan. Jumladan, Qurilish bo‘limida 543 ta rejaga nisbatan 403 ta ish o‘rni legallashtirilib, ijro 74 foizni tashkil qilgan.

Aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishida esa 11 567 ta reja belgilangan bo‘lib, amalda 11 578 ta natijaga erishilgan. Biroq bu borada ham tijorat banklari va Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan belgilangan vazifalar to‘liq bajarilmagan. Tijorat banklari bo‘yicha 7 367 ta rejaga nisbatan 6 575 ta ko‘rsatkich qayd etilib, ijro 89 foizni tashkil qilgan. Oila va xotin-qizlar bo‘limining “Mehnatsevar ayol” dasturi doirasidagi rejasi esa 668 ta, amaldagi natija 573 tani tashkil etgan.

Yig‘ilishda hisobotda keltirilgan raqamlar shunchaki bajarilgan reja sifatida emas, balki yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligi, aholining real daromadlari va loyihalarning samaradorligi nuqtayi nazaridan baholanishi lozimligi qayd etildi.

Muhokamalar yakunida uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, reja ko‘rsatkichlari ortda qolayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Slide 1 of 6