Murojaatlar_daftari
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Fuqarolar bilan muloqot davomida hududdagi eskirgan va yaroqsiz elektr beton ustunlarini yangilariga almashtirish hamda qo‘shimcha ustunlar o‘rnatish masalasi ko‘tarildi. Murojaat murojaatlar daftariga qayd etilib, deputatlik nazoratiga olindi.
Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida.