FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududida fuqarolar murojaatlari va mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning hududdagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Aniqlangan masalalar murojaatlar daftariga qayd etib borildi.
Jumladan, hududdagi eskirgan va yaroqsiz holga kelgan elektr beton ustunlarini yangilariga almashtirish hamda qo‘shimcha beton ustunlar o‘rnatish masalasi ko‘tarildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarga qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida.