Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
🔰PO‘LOTI MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

🔰PO‘LOTI MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati J.Shirinovning yordamchisi D.Radjabova hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamkorligida Po‘loti mahallasida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va aholi murojaatlariga yechim topish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
✔️O‘rganish davomida mahalla raisi va qishloq oqsoqollari ishtirokida hududdagi ichki yo‘llarning holati, ularni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
✔️Xususan, «Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mahalladagi ichki yo‘llarni belgilangan tartibda asfaltlashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Bu borada mavjud muammoli uchastkalarni aniqlash, ishlar ko‘lamini belgilash va loyihani belgilangan tartibda shakllantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✔️Muloqot jarayonida mahalla aholisini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
✔️Aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish, xususan, ichki yo‘llarni yaxshilash borasidagi ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3