Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA

📌Joriy yilning 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan mahalliy Kengashlar raislari va deputatlari ishtirokida barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar tuman kengashlari raislari ishtirok etmoqdalar.

Tadbir davomida hududlarda barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, fuqarolar muammolarini o‘rganish va ularning qonuniy yechimiga ko‘maklashishda mahalliy Kengash deputatlarining o‘rni va mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Seminar mahalliy Kengashlar deputatlarining hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga ta’sirchan munosabatini kuchaytirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan amaliy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
Slide 1 of 7