Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.

Xalq deputatlar Margʻilon shahar Kengashi deputatlari M.X.Mirzaev va M.S.Mirzaev hududlarda bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligi hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rgandilar.

17-Navro‘z saylov okrugi hududidagi Navro‘z MFY aholisi tomonidan deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi. Mazkur muammoni hal etish maqsadida deputatlar M.X.Mirzayev, M.S.Mirzayev va viloyat Kengashi deputati Sh.X.Ermatov tomonidan bir necha oy davomida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borildi va amaliy choralar belgilandi.

Natijada viloyat hokimligining bevosita aralashuvi bilan ushbu hududdagi mavjud eski yog‘och ustunlar o‘rniga bugungi kunda 60 dona yangi, talab darajasidagi beton elektr ustunlari olib kelinib, o‘rnatilmoqda.

Mazkur ishlar aholi xonadonlari va ko‘chalarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Ayniqsa, tadbirkorlar tomonidan ushbu ishlar ijobiy qabul qilinmoqda. Chunki hududda yangi korxonalar va loyihalarning ishga tushirilishi, aholi bandligining ta’minlanishi, oilalar daromadlarining oshishi hamda kambag‘allikni qisqartirishda barqaror elektr ta’minoti muhim omillardan biridir.

Deputatlar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi doimiy nazoratga olingan. Asosiy maqsad esa aholining murojaatlarini faqat o‘rganish bilan cheklanib qolmasdan, ularni amaliy natijaga aylantirishdan iborat.

Slide 1 of 4