Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yorqin mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
B.Marg‘iloniy mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Bandlik va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘rganish davomida “Yoyilma” mahallasidagi infratuzilmaga oid ayrim muammolar ham aniqlandi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chqirchiq tuman Kengashi 6-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati Y.Musayev tomonidan Beshboy mahallasida joylashgan 17-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🔹Tashrif davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, bino va xonalarining mavsumga tayyorgarligi, zarur yoqilg‘i va boshqa resurslar bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi. Tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish, xonalarni iliq saqlash hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

❗️Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — 17-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazishini ta’minlash, bolalar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratishdan iborat.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3