Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtayevich hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Chilonzor mahallasida o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mahallada aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar holati yuzasidan mas’ul ijtimoiy xodim Karabayeva Habibaxon Ne’matjonovnaning faoliyati ham o‘rganildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Chilonzor mahallasida 109 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Ularning 67 nafari kambag‘al oilalar, 9 nafari esa kambag‘allik chegarasida turgan oilalar toifasiga mansub.
Deputatlik o‘rganishi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar ham tahlil qilindi. Xususan, chin yetim bo‘lgan 2005-yil 8-avgustda tug‘ilgan A.F.ga haydovchilik guvohnomasini olish bilan bog‘liq xarajatlari uchun moddiy yordam ko‘rsatilgani, shuningdek, 3 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani qayd etildi.