35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI “MENING BOG‘IM” LOYIHASI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
“OCHIQ BUDJET”DA OVOZ YETARLI BO‘LMAGAN MUAMMOLAR HAM E’TIBORDAN CHETDA EMAS
янв.21
SHAHAR MARKAZIDAGI YEROSTI INSHOOTIDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TUTTAGI MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy Kengashlarning hududlardagi muammolarni o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
TUTTAGI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
IJTIMOIY TARMOQLARDA HAFTALIK FAOLIYAT
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

Bugungi kunda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va mavjud muammolarni manzilli hal etishda hokim yordamchilarining faoliyati muhim o‘rin tutmoqda. Shu bois ularning faoliyatini joylarda o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini baholash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Nurafshon mahallasida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Nurafshon mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi O.Axmatshayevning ish faoliyatiga e’tibor qaratildi. Jumladan, mahallada aholi bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish faqatgina hujjatlar va hisobotlar bilan cheklanib qolmay, amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy holatini ko‘rish maqsadida joyiga chiqqan holda olib borildi, koʻchaboshilar bilan suhbatlashildi.Shu orqali mahallada olib borilayotgan ishlarning real natijalari, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi hamda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida hokim yordamchisining mahalladagi iqtisodiy faollikni oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish va fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday deputatlik o‘rganishlari mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim amaliy vosita hisoblanadi.

Slide 1 of 4