#24_ta_masala
#deputat_daftari
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A. Tavboyev tomonidan Gulzor mahallasida joylashgan oilaviy shifokor punkti (OShP) filiali faoliyati hamda mavjud muammolar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida filialning moddiy-texnik ta’minoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bino va infratuzilma holati hamda aholiga qulay sharoit yaratish bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|