#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Go‘zal mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududni obodonlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, obodonlashtirish ishlarining sifati va belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|