Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 4-Yo‘rmado‘z saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, Kengash kotibiyati mudiri Abdumalik Ermatov tomonidan saylovchilar oldida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI — KENGASH ISHINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida shahar iqtisodiyoti, sog‘liqni saqlash tizimi hamda deputatlik faoliyatiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqiladi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputatlari M.X. Mirzayev va M.S. Mirzayev tashabbusi bilan saylov okrugidagi Navroʻz MFYning chekka hududida joylashgan “Yoʻldosh” shaharchasi aholisi uchun navbatdagi “Sogʻlomlashtirish aksiyasi” tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUROJAATINI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi E.Yunusov olib bordi. Unda komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, mazkur tashkilotga biriktirilgan deputat M.Raimdjanov hamda ekspert-maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq, Marg‘ilon shahar Soliq inspeksiyasining Yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda soliq tushumlari ijrosi, soliqlarni undirish samaradorligi, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-son "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, soliq ma’murchiligini takomillashtirishdan iborat.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan qator savollar va takliflar bildirildi. Xususan, markirovka tizimini joriy etishda tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda soliq tushumlarini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan doimiy komissiya raisi E.Yunusov shunday ta’kidladi:
“Har bir tushum ortida aniq tizimli ish va mas’uliyat turibdi. Ayniqsa, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali budjet barqarorligini ta’minlash — ustuvor vazifamiz bo‘lib qolishi zarur.”

Muhokamalar yakunida hisobot ma’qullanib, mazkur masalani Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Shuningdek, hisobot beruvchiga mavjud zaxiralarni to‘liq ishga solish, soliq tushumlarini barqaror oshirish, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, markirovka tizimi qamrovini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4