Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar uchun yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy muhitni tahlil qilish, kutubxona fondining holati, xizmat ko‘rsatish sifati hamda yoshlar tomonidan undan foydalanish darajasini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Jarayon davomida kutubxonada mavjud kitob fondi, zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, yoshlar uchun yaratilgan o‘quv va dam olish sharoitlari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, kutubxona faoliyatini mahalla hayotining faol markaziga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbuslar Yuksalish MFY hududida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi ta’kidlandi.