O‘rganishlar davomida, xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni to‘lash jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Shu bilan birga, fuqarolarning deputat bilan muloqotini yanada qulay va ochiq tashkil etish maqsadida QR-kod orqali murojaat yuborish imkoniyati hamda deputatning fuqarolarni qabul qilish jadvali aks ettirilgan axborot e’loni saylov okrugi hududidagi mahallalarning ko‘rinarli joylariga joylashtirildi.
Mazkur tashabbus fuqarolarning murojaatlarini tezkor qabul qilish, ularning muammolarini o‘rganish hamda deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.