Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova “O‘rikzor” mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
📌 Mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borilmoqda.