Jumladan, Qirguli mozor hududida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor A.Ulug‘bekovga tegishli dam olish maskanini kengaytirish loyihasi o‘rganildi. Mazkur loyiha doirasida mavjud maskan zamonaviy talablarga javob beradigan dam olish majmuasiga aylantirilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududning turistik va xizmat ko‘rsatish salohiyati yanada oshishi, aholi uchun qulay dam olish sharoitlari yaratilishi kutilmoqda. Eng muhimi, yangi faoliyat yo‘nalishlari tashkil etilishi hisobiga qo‘shimcha 8 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Deputat S.Jurayeva loyiha bilan tanishar ekan, uning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shadigan hissasi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.