Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva o‘z saylov okrugida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion va tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirilmoqda!
янв.21
Yoshlar bandligi va sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan qarorlar ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.
янв.21
7-son oilaviy poliklinikani rekonstruksiya qilish va uning 100 qatnovli binosini 2-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish ishlari deputatlar tomonidan manzilli o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirilmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda mahalla raisi A.Mamadaliyev, mahalla nuroniylari, faollar hamda fuqarolar ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar xususan ichimlik suvidagi tez-tez uzilishlar, obodonlashtirish ishlari hamda boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi.

Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli ijrochi tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 9