Xususan, deputatlar tomonidan joylarda olib boriladigan o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, sessiya va komissiya yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hafta davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvlar, o‘rganishlar, nazorat tadbirlari va boshqa tashkiliy ishlar yuzasidan fikr almashilib, ularni samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.