Deputat tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi o‘rganildi. Mazkur qonun talablari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati hamda pedagoglar faoliyati tahlil qilindi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishi, kelajak rejalari hamda ularni qiynayotgan muammolar muhokama qilindi. Deputat yoshlarni bilim olishga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga va jamiyat hayotida faol bo‘lishga chaqirdi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlar uchun foydali va motivatsion ruhda yakunlandi.