🔹Bugun Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova tomonidan “Pargos" MFY hududida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🔹Qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sohasidagi turli kamchiliklar, elektr stolbalarining eskirganligi va boshqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
🔹Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.
🔹Shuningdek deputat E.Shokirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholiga korrupsiyaga qarshi kurashish, toʻy-marosimlar va ma'rakalarni ixchamlashtirish, dabdabozlik va isrofgarchilikka chek qoʻyish boʻyicha targʻibot ishlari oʻtkazildi.