Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KARMANA TUMANI HOKIMI, XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI RAISI BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
Karmana tumanidagi umumta'lim maktablarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Òzbekiston Ekologik partiyasi deputatlari Karmana tumanining Yangiobod mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Кармана туманида ташкил этилаётган мебелчилик микромаркази лойиҳалари кўздан кечирилди.
янв.21
TUMAN HOKIMI,XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHI RAISI V.ADIZOVNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Депутат таълим муассасаларига амалий кўмак берди.
янв.21
Bugun – Investitsiyaviy loyihalar diqqat markazida!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Долзарб 90 кунлик
янв.21
Депутат ғолиб ёшлар билан учрашди
Deputat mahallada

 “Ko‘rkam diyor” mahallasida infratuzilmani yangilash va aholi farovonligi yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda 

Yurtimizda har bir hudud, ayniqsa mahallalarda aholi turmush darajasini oshirish, ular uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarni rivojlantirish va ularda zamonaviy infratuzilma yaratish mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. 

Shu doirada Oqoltin tumanidagi “Ko‘rkam diyor” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Yo‘l
infratuzilmasini yangilash, ichki yo‘llarni asfaltlash va kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish orqali aholi uchun qulay va zamonaviy muhit
yaratishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

Ayni kunlarda mahalladagi 10 ta ko‘p qavatli uylarning ichki va tashqi fasadlari ta’mirlanmoqda. Bu ishlar nafaqat uylarning ko‘rkamligini
ta’minlaydi, balki aholi uchun qulay va farovon yashash muhitini ham yaratadi. Shu bilan birga, kanalizatsiya tarmoqlari yangilanib, aholi salomatligi va ekologik tozalikka xizmat qiladigan muhim qadamlar qo‘yilmoqda. 

Shuningdek, yo‘l yoqalarida beton qoplamali suv o‘tkazish ariqlari qurilib, mahallaning suv xo‘jaligi tizimi yaxshilanmoqda. Bu esa
yomg‘ir va toza suv oqimini tartibga solish, yo‘llarning uzoq muddat sifatli saqlanishi, aholi tomorqalarida ekinchilik jarayonlarini samarali olib borish
imkonini yaratadi. Yangi qurilayotgan ariqlar orqali suvdan oqilona foydalanish va mahsulotdorlikni oshirish imkoniyatlari kengaymoqda. 

Mazkur ezgu ishlar mahalla faollari, mas’ul tashkilotlar va qurilish brigadalarining hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ularning hamjihatlikdagi mehnati natijasida “Ko‘rkam diyor” mahallasi tobora obod va ko‘rkam maskanga aylanib bormoqda. 

Aholi ham mazkur o‘zgarishlardan mamnun bo‘lib, o‘z mahallasining taraqqiyoti uchun hissa qo‘shmoqda. Ularning fikr va takliflari inobatga olinib, har bir ishda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shubhasiz, bunday ishlar mahallamizning bugungi kuni va ertangi kelajagi uchun mustahkam zamin yaratadi. 

   

Slide 1 of 5