МUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN 61-UMUMTA’LIM MAKTABDA TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI.
1-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan O‘zbekiston XDP Sho‘rchi tumani Kengashi raisi,tumani Kengashi deputati B.Rajabov 61- maktabida o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida deputat yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar va yetuk shaxslar qilib tarbiyalashda ta’lim muassasalarining roli beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, deputat maktab
o‘quvchilari va o‘qituvchi-jamoasini bayram bilan samimiy tabriklab, davlatimiz rahbarining sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, kuy-qo‘shiqlar va vatanparvarlik ruhida o‘tdi.