Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibyati mudiri V.Xasanov hamda tuman Kengashi deputati H.Berdimuratovlar “Tashabbusli budjet” jarayoning birinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalarning amalga oshirilishi bilan tanishdi.
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Xo‘jamushkent QFY hududidan 5-sonli umumta‘lim maktabiga zamonaviy, usti yopiq turdagi 25ga 42 metr o‘lchamdagi, qizlar va o‘g‘il bollarga alohida kiyinish, yuvinish xonalari, ichki va tashqi yoritkich hamda tashqi o‘rindiqlar va sport jihozlari bilan jihozlangan sun’iy qoplamali loyihaning umumiy qiymati 1 490 000 000 so‘mlik futbol maydonchasi qurish ishlari o‘rganildi.
Shuningdek, deputatlar loyihani zamonaviy ta’lim talablariga mos holda qurish, barcha zarur infratuzilma va qulayliklarni yaratish, shuningdek, ishlar sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.