Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
Tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan obodonlashtirish xizmatlari va tariflar o‘rganildi

Tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan obodonlashtirish xizmatlari va tariflar o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy ko‘chalar bo‘yida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish, hududlarni obodonlashtirish hamda sanitariya-tozalik holatini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ushbu xizmatlar uchun belgilangan tariflar o‘rganildi.

Shuningdek, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, chiqindilarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida olib chiqish holati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda hududlarda obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur o‘rganish shahar hududida sanitariya-tozalikni taʼminlash, obodonlashtirish xizmatlari sifatini oshirish hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5