Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
Kutubxona — ma’naviyat maskani

Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Jo‘rayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Yo.Tadjibayeva va M.Salibayevalar tumandagi 23-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldilar. Tashrif davomida maktab kutubxonasi mudiri Shohsanam Abdumannopova bilan dildan suhbat uyushtirilib, kutubxonaning bugungi holati,
kitobxonlik madaniyatini oshirish va o‘quvchilarni mutolaaga jalb etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Bugungi kunda ushbu ma’naviyat maskanida 1800 taga yaqin kitob fondi mavjud bo‘lib, o‘quvchilarning sifatli bilim olishlari
uchun xizmat qilmoqda.
E’tiborlisi, maktab jamoasi va faollarining tashabbusi bilan "Mening maktabim" loyihasi doirasida yangi va zamonaviy, o‘quvchilar uchun nihoyatda qiziqarli bo‘lgan 30 turdagi 200 dona yangi kitoblar to‘plami yutib olingan va kutubxona fondiga taqdim etilgan. Yangi kitoblar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda kitobga bo‘lgan mehrni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz. Kitobxonlik maktablarda nafaqat ta’lim beruvchi, balki yoshlarni komil inson qilib tarbiyalovchi asosiy vosita bo‘lib qolaveradi. 

   

Slide 1 of 3