Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
#Deputatlik_faoliyati

DEPUTAT VA MAHALLA YETAKCHILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI. 🗳🏘

✍🏻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 📄

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashiga 17-“Xurriyat” saylov okrugidan saylangan deputat Niyozov Nuritdin tomonidan hududdagi “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yetakchiligi”ning ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. 🤝

O‘rganish jarayonida deputat mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazib, PF–209-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish, aholining faolligi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish hamda targ‘ibot ishlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3