Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
янв.21
3 DEKABR — XALQARO NOGIRONLAR KUNI
янв.21
Jalaquduq tumanida dual ta’limni o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Izlanish va intilish bilan yangi marralar sari
янв.21
Oliy Majlis Senati 11-yalpi majlisi qarorlari bo`yicha hududlarda targ`ibot ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Tumandagi politexnikumlarda dual ta`lim tizimi amaliyotini o`rganish jarayoni davom etmoqda
янв.21
Tumandagi politexnikumlarda yoshlarga dual ta’lim berilish holatini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Oliy Majlis Senatining 11-yalpi majlisi qarorlari — joylarda keng targ`ib qilinmoqda
янв.21
To`y va oilaviy tantanalarni tartibga solish yangi qoidalar va amaliyotlar
янв.21
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi yakunlari bo`yicha targ`ibot tadbiri o`tkazildi
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi

“Ommaviy madaniyat va uning salbiy oqibatlari” — yoshlar bilan mazmunli suhbat

Marg‘ilon shahar 2-umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida yoshlar ongiga “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi soxta qadriyatlarning ta’siri va uning oldini olishga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bo‘limi boshlig‘i Islombek Rahmonov ishtirok etib, bugungi kunda global axborot oqimlarida uchrayotgan zararli g‘oyalar, yoshlarning ma’naviy immuniteti hamda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, shahar axborot-kutubxona markazi direktori, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Abdubannob Mahkamov o‘quvchilarga kitob o‘qish madaniyati, badiiy va ilmiy adabiyotning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, mustaqil fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi jihatlarini misollar orqali tushuntirdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida ma’naviy barkamollikni rivojlantirish, sog‘lom axborot muhitini yaratish hamda zararli oqimlarga qarshi ongli munosabatni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yoshlarning fikrlari tinglandi, savol-javoblar o‘tkazildi va ularning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiluvchi kitoblar targ‘ib qilindi.

Slide 1 of 2