Tumandagi politexnikumlarda yoshlar uchun joriy etilgan dual ta`lim tizimining amaldagi holatini batafsil o`rganish maqsadida 1- va 2-guruh a`zolari tomonidan kompleks o`rganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon doirasida guruh ishtirokchilari 1- va 2-politexnikumlarga hamda ularga biriktirilgan turli yo`nalishdagi korxonalarga tashrif buyurib, ta`lim va ishlab chiqarish o`rtasidagi hamkorlik qanday amalga oshirilayotganini o`rganishmoqda. Tadqiqot jarayonida o`quvchilarning amaliyot jarayonlariga jalb etilishi, ularga yaratilayotgan sharoitlar, ish o`rinlaridagi o`quv-amaliy jarayonlar, mutaxassislar tomonidan o`quvchilarga berilgan qo`llab-quvvatlash va yo`l-yo`riqlar atroflicha tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, dual ta`lim tizimini tatbiq etishda uchrayotgan asosiy muammolar - amaliyot bazalarining yetarli emasligi, ishlab chiqarish korxonalaridagi bandlik, o`quvchilarning amaliy ko`nikmalarni
egallashdagi qiyinchiliklari, o`qituvchi va ishlab chiqarish ustalari o`rtasidagi muvofiqlashtirish masalalari ham o`rganilmoqda. Guruh a`zolari tomonidan aniqlangan muammolar bo`yicha taklif va yechimlar ham shakllantirilmoqda. Jumladan, korxonalar
bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliyot dasturlarini zamonaviy talablarga moslash, o`quvchilar uchun qo`shimcha amaliy mashg`ulotlar tashkil etish, pedagoglar va ishlab chiqarish ustalari o`rtasida doimiy muloqotni yo`lga qo`yish kabi takliflar
muhokama qilinmoqda. Ushbu o`rganish ishlari tuman bo`yicha dual ta`lim tizimining samaradorligini oshirish, yoshlarni sifatli kasbiy bilim va amaliyot bilan ta`minlashga xizmat qiladi.