O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi yakunlari bo`yicha mamlakatimizning barcha hududlarida keng qamrovli targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Yalpi majlisda ko`rib chiqilgan dolzarb masalalar, qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ularning amaliy ahamiyatini tushuntirish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashida deputatlarga adliya bo`limi yuristkonsultanti
ishtirokida targ`ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirlar davomida senatorlar tomonidan ko`rib chiqilgan masalalar aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoshlar va ayollarni qo`llab-quvvatlash,
sud-huquq tizimidagi yangiliklar kabi yo`nalishlar batafsil tushuntirildi.