DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugidan saylangan deputat Xakimova Lola Eshpulatovna Sherobod tumani 63-sonli umumta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif davomida deputat pedagoglar jamoasi hamda o‘quvchilar bilan muloqot qilib, ta’lim sifati, o‘quvchilar bilan ishlash jarayonlari, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga doir masalalarni ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishi, kasb tanlash borasidagi qarashlari va ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Uchrashuv chog‘ida maktab jamoasi tomonidan ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga oid bir qator taklif va fikrlar bildirildi.