#_Deputat_faoliyati
HOKIM VA DEPUTAT
Shirin mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
️ Bugun xalq deputatlari Sariosiyo tumaniKengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman IIB boshlig’i G’.Xo’jamqulov, tuman Kengashi deputati S.Kasimovlar tomonidan Shirin mahallasini jinoyatlardan xoli hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Unda mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
️ Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2-son qarorlarining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda aholi murojaatlarini manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklatildi.