Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
️ Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman Kengashi deputati N. Xamdamova “Terakzor” mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar batafsil tinglandi.
️ Uchrashuv davomida fuqarolarning muammolari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirib, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.