Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 11-A.Navoiy saylov okrugidan deputat B.Sangilova tumandagi 16-sonli umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan kutubxonaning shart-sharoitlari hamda kutubxona faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida kutubxonadagi mavjud imkoniyatlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kitob fondining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yosh avlodning bilim olishi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lida bunday o‘rganishlar muhim ahamiyat kasb etadi.