Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📨 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan qonunchilikka muvofiq, Oqoltin tumani hokimi o’rinbosari X.Matchonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🏛So‘rovda ko‘tarilgan masala:
Bo‘ston mahallasida davlat zaxirasiga qaytarilgan 90 ta yer maydoni hanuz ochiq elektron auksionga chiqarilmagan. Natijada ayrim yerlar bo‘sh qolmoqda, ba’zilardan esa noqonuniy foydalanish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa yer resurslaridan samarali foydalanishga va fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

🔷Sizdan, yuqoridagi muammoni mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganib chiqib, muammoni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishingizni yoki o‘z nuqtai nazaringizni bildirishingizni so‘raymiz.

✅ Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi.