#deputatlik_faoliyati
Joriy yilning 2 iyun kuni Bo‘ka tuman Xalq qabulxonasida Bo‘ka tuman xokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, Ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Mirxalikov, xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Nishonov va Madad NNT Bo‘ka tuman byurosi rahbari J.Toshmatovlar sayor qabul o‘tkazdilar.
Bo‘ka tumani Chavlisoy MFY Chorvador ko‘chasi 8 uyda yashovchi Mirzayeva Izzatoydan tomorqasidan farzandi
uchun uy-joy qurishda muammolar bo‘layotganligi bo‘yicha murojat qilgan.
Murojat atroflicha o‘rganilib, Davlat xizmatlar markazi tashkilotiga qurilish loyihasi uchun ariza berish va qurilish bo‘limi tomonidan ruhsat berilishi tushuntirildi.