Jańalıqlar

“Nurli kelajak” MFYda aholi bilan uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich fuqarolar murojaatlarida qayd etilgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔍 Xususan:
🔹 eskirgan elektr ustunlarini yangisiga almashtirish;
🔹 ta’mirtalab elektr tarmoqlarini tartibga keltirish;
🔹 tartibsiz tortilgan elektr simlarini estetik va xavfsizlik talablariga mos holatga keltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mahalla faollari va ko‘cha oqsoqollari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

🤝 Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda muammoning yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Slide 1 of 5