Jańalıqlar

Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamda Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich “Nurli kelajak” MFYda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

📍 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar, taklif va muammolar tinglanib, har bir masala yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

✅ Ayrim murojaatlar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.

🤝 Muloqot jarayonida aholini qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish, hududni rivojlantirish va fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2