🏘 MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
Urganch tumani Kengashi deputati F.Quranbayev tomonidan “Yoshlik” mahallasida ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Bugungi kunda mahallada:
🔹 99 ta oila “Ijtimoiy reyestr”da;
🔹 36 ta oilaga oziq-ovqat uchun 14,8 mln so‘m;
🔹 13 ta oilaga kiyim-kechak uchun 26,7 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek:
▪️ 16 ta — davlat ta’minotidagi;
▪️ 7 ta — kambag‘allik chegarasidagi oilalar hisoblanadi.
O‘rganishlar davomida yana 2 ta ehtiyojmand oila aniqlanib, ularni “Ijtimoiy reyestr”ga kiritish hamda qonuniy tartibda moddiy yordam va bolalar nafaqasi tayinlanishi ta’minlandi.
🤝 Ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tinglash va davlat yordamlarining manzilli yetib borishini ta’minlash — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.