Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Amaliy yordam — oilalar farovonligiga xizmat qiladi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov Ilg‘or mahallasining Bo‘ston ko‘chasida yashovchi fuqaro Mayram Fazilova xonadonida bo‘ldi.

M. Fazilova “Ijtimoiy reyestr” ro‘yxatida turuvchi fuqarolardan biri bo‘lib, unga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida subsidiya asosida to‘g‘ri chok va overlok tikuv mashinalari ajratilgan.

Bugungi kunda Mayram opa ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, milliy ko‘rpacha va yostiqlar tikish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu esa oilaning daromadini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

✨ Mehnat va e’tibor uyg‘un bo‘lgan joyda albatta natija bo‘ladi!

Slide 1 of 4