Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi

Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi

️ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Davlatov tumandagi “Hulkar” mahallasi fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan mas'ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborgan edi.

Unda mahallaning 1.5 km uzunlikdagi ichki yo'liga asfalt yotqizish ishlarini amalga oshirish lozimligi va aholining mavjud muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan edi.

Deputat so‘rovi yuborilgandan so‘ng "Hulkar" mahallasining ichki yo‘lini 1 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizilib, qolgan qismini ham navbatdagi dasturlar orqali bajarilishi haqida tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan javob xati berildi.

Slide 1 of 3