Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuzilgan ishchi guruhi tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limida o‘rganish olib borishdi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Jo‘raev, ekspert guruhi a’zosi J.Nurmuxammedov, ”Yoshlar qanoti” guruhi a’zosi M.Yuldashev va boshqalardan iborat ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 20 oktyabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185 sonli Farmonining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida sohadagi muammolar, dolzarb vazifalarga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5