Xalq deputatlari Yangiqo`rg`on tuman Kengashi deputatlari oktabr–noyabr oylarida ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganmoqdalar.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari R.Mamajonov va M.Sadriddinov 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
Maktabdagi isitish qozonlarining ishlash holati, mavjud ko‘mir zaxirasi va yong‘in xavfsizligi burchagi bilan ham tanishdi.