Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-Tolbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna hamda “Fayzobod” mahalla raisi tomonidan o'z saylov okrugida ko'p qavatli turar joylarning holatini ko`zdan kechirdi.O`rganish jarayonida deputat boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatiga alohida e`tibor qaratdi. Shuningdek ko'p qavatli turar joyda yashovchi aholi bilan samimiy muloqotda bo`lib ularning muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi. Tadbir davomida deputat tomonidan fuqarolarga ko'p qavatli xonadon atroflarini ozoda saqlash va obodonlashtirishga hamma birdek ma`sul bo`lishi kerakligi aytib o`tildi.