📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan inspeksiya binosi qarshisida piyodalar o‘tish joyini tashkil etish masalasida qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸O‘rganish jarayonida I.Karimov ko‘chasining serqatnovligiga qaramasdan, mazkur tashkilot binosi qarshisida piyodalar o‘tish joyi mavjud emasligi sababli fuqarolar va tadbirkorlar ko‘chani kesib o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligi aniqlandi.
🔸Shu munosabat bilan, fuqarolar va tadbirkorlar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Jizzax viloyati IIB YHXB boshlig‘iga doimiy komissiya xati yuborildi.
Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook