Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda deputatlik guruhi a’zolari, Kotibiyati xodimlari, hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibida tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, joylardagi muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan “Hududgazta’minot” AJ Amudaryo tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.
Hisobotda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
– iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2026-2027 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;
– kuz-qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish holati;
– ijtimoiy soha ob’ektlariga kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlar.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5