Yangiliklar

SESSIYADA MAHALLIY BUDJET MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Yunusobod tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

🗣️Mazkur masala yuzasidan Yunusobod tumani hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari To‘laganov Avazbek Shukurjon o‘g‘li tomonidan hisobot berildi.

📝Sessiya davomida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni tegishli xarajatlarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.