👩💼 Xotin-qizlar masalalariga e’tibor qaratildi
Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida" qonunning 19/1 moddaga asosa Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayev hamda tuman Kengashi ekspert guruhi a’zosi R.Axmedovlar tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Qarshiboyeva bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tumanda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ularning ta’lim olishi, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashi hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.